Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Marg‘ilon shahrining me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish, aholiga qulay va munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli renovatsiya dasturi xalq vakillari e’tibor markazida bo‘lib turibdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jurayeva tomonidan 14-Nurafshon saylov okrugi saylovchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari A.Mahkamov va Z.Domilayev tomonidan 2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli ro‘yxati asosida hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov tomonidan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamrohligida “Zuhro” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla “yettiligi” a’zolari hamda faollar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Deputat nazorati.
янв.21
Deputat nazorati.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida navbatdagi haftalik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Gʻ.Madumarov tomonidan Xo‘japorso MFY hududida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlik faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni asosidagi, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi VII-14-82-11-168-K/25-sonli qarorida belgilangan ishlar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Mahalliy Kengashlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish amaliyoti

Mahalliy Kengashlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda

 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 15-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi to‘g‘risida”gi KQ-291–V-sonli qaroriga muvofiq, hududiy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 💼 Mazkur qarorning 3-ilovasi 21-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tuman (shahar) Kengashlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni tizimli yo‘lga qo‘yish belgilangan. Jumladan, hududlararo tajriba almashish reja-grafigini ishlab chiqish, namunali sessiyalar, doimiy komissiya yig‘ilishlari hamda siyosiy partiya guruhlari majlislarini yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek tuman va shaharlar kesimida ham bunday amaliyotni keng joriy etish vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan.

 📆 Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi tomonidan 2026-yil 26-fevral kuni tuman Kengashlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish amaliyoti rejasi tasdiqlandi. Rejaga asosan, 2026-yil 4-martdan 22-aprelga qadar hududiy Kengashlar kotibiyatlarining ijobiy tajribalari va amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishish ishlari olib borilmoqda.

 🔼 Shu doirada bugun xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi kotibiyati mudiri Nematilla Karimov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Muhlisa Yo‘ldoshxo‘jayeva Uchtepa tumani Kengashiga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad — Senat qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, o‘zaro tajriba almashish hamda Uchtepa tumani Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.

 📁 Tashrif davomida mehmonlar tomonidan Uchtepa tumani Kengashining ish yuritish tizimi, deputatlik faoliyati, shuningdek doimiy komissiyalar faoliyati o‘rganildi. Xususan, namunali tarzda tashkil etilgan Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi jarayoni bilan tanishildi. Unda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarning doimiy komissiya tomonidan qanday tarkibda, tartibda va qaysi mezonlar asosida ko‘rib chiqilishi amaliy jihatdan ko‘rsatib berildi.

 ↗️ Mazkur tajriba almashish jarayoni hududlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or boshqaruv usullarini ommalashtirish hamda mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 📊 Yakuniy xulosalarga ko‘ra, bunday o‘zaro tashriflar va amaliy o‘rganishlar mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, qarorlar ijrosini ta’minlashda tizimli yondashuvni kuchaytirish hamda deputatlik nazoratini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 8