Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida boʻlib oʻtdi.
янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Deputat M.Raimdjanov tomonidan O‘rda tagi MFYda mahalla yettiligi vakillari faoliyati o‘rganildi hamda ularning hisobotlari tinglandi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
TASHABBUSLI BUDJET LOYIHASI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Nurofshon MFY hududida yashovchi fuqaro tomonidan hudud deputati nomiga murojaat kelib tushdi. Murojaatda hududda yuzaga kelgan ayrim noqulay holatlar tufayli fuqarolar uchun qiyinchiliklar tug‘ilayotgani ma’lum qilingan.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 11-oktyabrda qabul qilingan 665-sonli qaror asosida Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 14-maydagi VII-9-42-11-168-K/25-sonli qarori bilan bir qator ko‘chalar asfaltlashtirish dasturiga kiritilgan edi.
янв.21
Kengashning navbatdagi haftalik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish Kengash raisi O.Axmatshayev rahbarligida tashkil etilib, unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi hamda kelgusi hafta uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Mirzaevning 2026 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti eshitildi.
Bolalar va ayollar xavfsizligiga yangi qadam: qonunchilikda muhim o‘zgarishlar

#munosabat

Bolalar va ayollar xavfsizligiga yangi qadam: qonunchilikda muhim o‘zgarishlar


Mamlakatimizda bolalar va xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. 3 mart kuni imzolangan Prezident farmoniga muvofiq, jinsiy jinoyatlarga nisbatan javobgarlik kuchaytirilib, ayrim yangi huquqiy mexanizmlar joriy etilishi belgilandi.

Farmonga ko‘ra, pedofiliyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralari yanada qat’iylashtirilmoqda. Xususan, 14 yoshga to‘lmagan bolaning nomusiga tegish yoki zo‘rlik ishlatgan holda jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish kabi jinoyatlarni takroran sodir etgan shaxslarga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin. Ya’ni, bunday jinoyat uchun avval sudlangan shaxs yana shunday qilmishga qo‘l ursa, unga eng og‘ir jazo tayinlanishi ehtimoli yuzaga keladi.

Shuningdek, mazkur turdagi jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar manzil koloniyaga o‘tkazilmasligi ham belgilandi. Bu esa jazoning ijrosini yanada qat’iy nazorat ostida ta’minlashga xizmat qiladi.

Farmonda yana bir muhim yangilik — jinsiy tajovuz bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish vakolatining prokuratura organlariga qaytarilishi hisoblanadi. Ilgari bu ishlar ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan bo‘lsa, endi tergov jarayoni prokuratura tizimi nazoratida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, shahvoniy shilqimlikka oid ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish ichki ishlar organlari vakolatida qoladi. Ammo bunday ishlar sudga yuborilishidan oldin prokurorning “jinoyat alomatlari yo‘q” degan xulosasini olish majburiy bo‘ladi.

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida zamonaviy raqamli imkoniyatlar ham joriy etilmoqda. 1 apreldan boshlab himoya orderi berilgan xotin-qizlarning telefoniga Ijtimoiy himoya milliy agentligining maxsus ilovasini o‘rnatish taklif etiladi. Agar ular yana tazyiq yoki zo‘ravonlikka duch kelsa, ilova orqali “SOS” chaqiruv tugmasini bosib, zudlik bilan yordam chaqirishi mumkin bo‘ladi.

Farmon doirasida yana bir qator yangi huquqiy tushunchalar uchun alohida javobgarlik kiritish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan, xotin-qizlarni aynan jinsi sababli qasddan o‘ldirish — femisid, oila a’zolarini qasddan o‘ldirish — familisid, shaxsni noqonuniy ta’qib qilish — stalking, internet orqali sodir etiladigan zo‘ravonlik — kiberzo‘ravonlik, shuningdek internet orqali voyaga yetmaganlarning ishonchini qozonib, ulardan jinsiy maqsadlarda foydalanishga qaratilgan onlayn gruming kabi holatlar uchun ham alohida javobgarlik belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, ta’lim sohasida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar uchun yengilliklar ko‘zda tutilmoqda. Xususan, homilador yoki 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga oliy ta’limni davom ettirish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi. 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab, turli sabablarga ko‘ra kursdan qolib ketgan yoki talabalar safidan chiqarilgan shaxslarga fanlar farqini qayta o‘zlashtirish sharti bilan o‘qishni davom ettirish imkoni beriladi.

Shuningdek, agar talaba homiladorligi yoki 3 yoshgacha farzandi borligi sabab akademik ta’til olgan bo‘lsa, u ta’til davrida masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

M.Yuldasheva

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati

Slide 1 of 1