🛣 ASFALTLASHTIRISH ISHLARI JARAYONI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari A.Uljayeva va D.Egamqulovalar tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida hududda olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari jarayoni ko‘zdan kechirildi.
📍 O‘rganish davomida yo‘lning joriy holati, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.
🔎 Shuningdek, hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz transport harakatini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli bajarilishini ta’minlashdan iborat.