35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan 40-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumanidagi 32-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati
янв.21
27-maktabda deputatlar nazorati
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA MUNOSIB SHAROITLAR – USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholi murojaati e’tiborda: Masala mas’ullar ijtimoiy ko‘magida o‘rganildi
янв.21
Oxunboboyev MFYda oilalarni yarashtirish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
36-maktabda deputat va huquqshunos ishtirokida uchrashuv
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Tumanda qonuniylik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat E.Qurbonov Bo‘ston MFY saylovchilari bilan uchrashdi
🍋 ARAL MAHALLASIDA ISSIQXONA FAOLIYATI: TADBIRKORLIK VA DAROMAD MANBAI

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi I. Xushmurodova Qarshi shahridagi Aral MFY, Aral ko‘chasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Mirzayev Shavkat tomonidan tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, o'rganishda xalq deputatlari Qarshin shahar Kengashio kotibiyati mudiri L.Boboyeva ham qatnashib o'z takliflarini bildirdi.

🌱 Tadbirkor 2022-yilda o‘z mablag‘lari hisobidan 3 sotix maydonda issiqxona tashkil etib, unda 40 tup limon ko‘chati ekkan. Bugungi kunda ushbu tashabbusni yanada rivojlantirish, issiqxona maydonini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha rejalar mavjud.

📈 Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, issiqxonadan yiliga 30 million so‘mgacha daromad olish kutilmoqda.

🔹 Suhbat davomida tadbirkorning kelgusidagi rejalari, issiqxonani kengaytirish imkoniyatlari, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish hamda faoliyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.

Kengash raisi I. Xushmurodova tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va issiqxona faoliyatini kengaytirish borasida zarur ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi.

🌿 Har bir xonadon va tadbirkorlik subyektida yangi daromad manbalarini yaratish — mahalla farovonligi va aholi bandligini ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 7