35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan 40-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumanidagi 32-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati
янв.21
27-maktabda deputatlar nazorati
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA MUNOSIB SHAROITLAR – USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholi murojaati e’tiborda: Masala mas’ullar ijtimoiy ko‘magida o‘rganildi
янв.21
Oxunboboyev MFYda oilalarni yarashtirish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
36-maktabda deputat va huquqshunos ishtirokida uchrashuv
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Tumanda qonuniylik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat E.Qurbonov Bo‘ston MFY saylovchilari bilan uchrashdi
AHOLI SALOMATLIGI VA MUNOSIB SHAROITLAR – USTUVOR VAZIFA

           Jalaquduq tumanidagi «Jalaquduq» MFY hududida joylashgan «Sog‘lom avlod» oilaviy shifokorlik punkti
(OShP) binosini yangitdan qurish loyihasi bo‘yicha mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda
mazkur zamonaviy tibbiyot maskanini barpo etish bo‘yicha Davlat Dasturiga kiritilgan loyiha taqdimoti Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati E. Qurbonov tomonidan amalga oshirildi. Muloqot davomida deputat tomonidan aholiga quyidagi imkoniyatlar va rejalar atroflicha tushuntirib berildi: · Zamonaviy sharoitlar: Yangi bino eng so‘nggi tibbiy uskunalar va qulay kutish zallari bilan ta’minlanadi. · Sifatli tibbiy xizmat: Mahalla fuqarolari uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifati va tezkorligi yanada oshiriladi. · Qulay muhit: Binoda bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun barcha zarur muhandislik-kommunikatsiya va issiqlik tizimlari to‘liq yaratiladi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan berilgan savollar va takliflar tinglanib, loyihani amalga oshirish jarayonida ularni inobatga
olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi. «Aholimizga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini
oshirish va ular uchun munosib sharoit yaratish doimiy e’tiborimizda bo‘ladi», — dedi deputat E. Qurbonov. 

   

Slide 1 of 7