35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan 40-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumanidagi 32-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati
янв.21
27-maktabda deputatlar nazorati
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA MUNOSIB SHAROITLAR – USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholi murojaati e’tiborda: Masala mas’ullar ijtimoiy ko‘magida o‘rganildi
янв.21
Oxunboboyev MFYda oilalarni yarashtirish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
36-maktabda deputat va huquqshunos ishtirokida uchrashuv
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Tumanda qonuniylik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat E.Qurbonov Bo‘ston MFY saylovchilari bilan uchrashdi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏥 Tibbiy xizmat sifati — deputat e’tiborida

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida, xususan, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashiga 22-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat A. To‘xtoshevning saylov okrugiga qarashli “Oqtepa” mahallasidagi holatlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida dastlab “Oqtepa” mahallasi raisi B. Murodov bilan suhbatlashilib, mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, jumladan, tibbiy xizmatlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shundan so‘ng 86-son oilaviy poliklinikaga qarashli “Oqtepa” tibbiyot punktiga borilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, mavjud sharoitlar va xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi.
O‘rganishda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov hamda “Oqtepa” MFY raisi B. Murodov ishtirok etdi.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan masalalarni bartaraf etish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5