35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan 40-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumanidagi 32-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati
янв.21
27-maktabda deputatlar nazorati
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA MUNOSIB SHAROITLAR – USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholi murojaati e’tiborda: Masala mas’ullar ijtimoiy ko‘magida o‘rganildi
янв.21
Oxunboboyev MFYda oilalarni yarashtirish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
36-maktabda deputat va huquqshunos ishtirokida uchrashuv
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Tumanda qonuniylik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat E.Qurbonov Bo‘ston MFY saylovchilari bilan uchrashdi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📚 “Kitobxon onalar” — ma’naviyat va ma’rifat sari

📍 G‘ambur mahallasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-“G‘ambur” saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Kitobxon onalar” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, onalar o‘rtasida mutolaaga qiziqishni oshirish, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyani yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida munosib kutib olish yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarida har bir fuqaroning faol ishtiroki hamda tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

🤝 Mazkur tadbir deputat hamda tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5