35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan 40-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumanidagi 32-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati
янв.21
27-maktabda deputatlar nazorati
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA MUNOSIB SHAROITLAR – USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholi murojaati e’tiborda: Masala mas’ullar ijtimoiy ko‘magida o‘rganildi
янв.21
Oxunboboyev MFYda oilalarni yarashtirish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
36-maktabda deputat va huquqshunos ishtirokida uchrashuv
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Tumanda qonuniylik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat E.Qurbonov Bo‘ston MFY saylovchilari bilan uchrashdi
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: MUSTAQILLIK — BEBAHO NE’MAT

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yunusobod tumani “Registon” mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” tamoyili asosida bayram tadbiri yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

👉Tadbirda turli avlod vakillari bir davrada jam bo‘lib, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik hamda bunyodkorlik ishlari haqida fikr almashdilar.

🇺🇿Tadbirni Yunusobod tumani Nuroniy jamg‘armasi raisi, Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati I. Ashrapova ochib berdi.

🏆Tadbir davomida mahalla hayotida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” va “Faol nuroniy” nominatsiyalari bo‘yicha ko‘cha boshilari, xonadon sohiblari hamda faol nuroniylarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

👥Mahalla homiylari tomonidan barcha ishtirokchilarga muzqaymoqlar tarqatilib, bayramona kayfiyat ulashildi.

🎤Tadbirni boshlovchi Asad Murodov olib bordi. Bayram dasturida Yunusobod tumani 22-son Madaniyat markazi xonandasi Shohrux Murodullayev, 26-son Madaniyat markazi ijodiy xodimi Ollabergan Ortiqov, taniqli xonandalar Shohriyor Reper, Mustafo, Mahmud Nomozov, VIA Marakand guruhi, qiziqchi Jamshid Normatov hamda mezbon “Kristal” ansambli o‘zlarining yorqin chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

🎶San’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari, qiziqarli chiqishlari va rang-barang bayram dasturi mahalla ahliga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

🇺🇿Tadbir davomida yurtimiz taraqqiyoti, xalqimizning farovon hayoti, tinchlik-osoyishtalik va Mustaqillik ne’matlarining qadr-qimmati yana bir bor ulug‘landi.

🤝“Uch avlod uchrashuvi” tadbiri katta avlodning hayotiy tajribasi, yosh avlodning shijoati va o‘rta avlodning bunyodkorlik salohiyatini birlashtirgan holda, mahallada avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4