35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan 40-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumanidagi 32-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati
янв.21
27-maktabda deputatlar nazorati
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA MUNOSIB SHAROITLAR – USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholi murojaati e’tiborda: Masala mas’ullar ijtimoiy ko‘magida o‘rganildi
янв.21
Oxunboboyev MFYda oilalarni yarashtirish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
36-maktabda deputat va huquqshunos ishtirokida uchrashuv
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Tumanda qonuniylik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat E.Qurbonov Bo‘ston MFY saylovchilari bilan uchrashdi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish davomida hududda mavjud bo‘sh turgan noqishloq yer uchastkalari, ularning joylashuvi, foydalanish holati hamda mazkur yer maydonlarini tadbirkorlik va boshqa qonuniy faoliyat turlariga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosi, yer uchastkalarini belgilangan tartibda shakllantirish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida ayrim yer uchastkalari bo‘yicha mavjud muammolar va kamchiliklarga ham e’tibor qaratildi. Jumladan, yer uchastkalarining huquqiy maqomini aniqlashtirish, chegaralarini belgilash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda auksionga chiqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan ishlarni jadallashtirish, bo‘sh turgan yer maydonlarini samarali foydalanishga jalb qilish va ularni qonunchilikda belgilangan tartibda elektron auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda foydalanilmayotgan yer maydonlarini iqtisodiy muomalaga kiritish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va shahar iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ishlarni davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash hamda bo‘sh turgan noqishloq yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.