35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan 40-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumanidagi 32-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati
янв.21
27-maktabda deputatlar nazorati
янв.21
AHOLI SALOMATLIGI VA MUNOSIB SHAROITLAR – USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholi murojaati e’tiborda: Masala mas’ullar ijtimoiy ko‘magida o‘rganildi
янв.21
Oxunboboyev MFYda oilalarni yarashtirish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
36-maktabda deputat va huquqshunos ishtirokida uchrashuv
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Tumanda qonuniylik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat E.Qurbonov Bo‘ston MFY saylovchilari bilan uchrashdi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

✔O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan hududda aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalladagi oilaviy muhitni yaxshilash, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🫥O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda turli salbiy illatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, mahallada obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash borasidagi ishlarning holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligi, belgilangan vazifalarni ijro etish holati hamda aholi muammolarini “mahallabay” va “xonadonbay” o‘rganish samaradorligiga e’tibor qaratildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish va mahalla hududida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan muntazam muloqot olib borish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.