Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri X.Sultonov mahalla faollari bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini yuqori saviyada nishonlash yuzasidan amalga oshiriladigan tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini muhokama qildi.
📋 Uchrashuv davomida bayram tadbirlarini mazmunli tashkil etish, aholining barcha qatlamlarini keng jalb etish, mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Yakunda tadbirlar rejasini samarali amalga oshirish, mas’ul ijrochilar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.