Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
lmiy tavsiyalar asosida bajarilgan agrotexnik tadbirlar — hosil taqdirini belgilaydi
янв.21
Deputat nazorati: Sherobod ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
MAHALLA OBODLIGI YO‘LIDAGI HAMKORLIK
янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
Mahallalar uyushmasi faoliyati va istiqboldagi vazifalar yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.Allaberganova tuman Mahallalar uyushmasida mas'ul xodimlar bilan uchrashib, mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar hamda mavjud muammolarni o‘rganish yuzasidan muloqot o‘tkazdi.

📋 Uchrashuv davomida mahallalarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, davlat dasturlari ijrosini samarali tashkil etish, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, hududlarda uchrayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, kelgusida Mahallalar uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlardagi dolzarb masalalarni tizimli o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.