Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Qosimjon Qayumov "Yangi Andijon" MFYda bo‘ldi.
Tashrif davomida mahalla faollari va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, "Obodonlashtirish va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshiriladigan bunyodkorlik, obodonlashtirish hamda mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalladagi mavjud holat o‘rganilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi. Ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.