Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi

📊 Kengash qarorlari ijrosi va deputatlar faoliyati yanada kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi faoliyati davomida qonun hujjatlari, Prezident Farmon va qarorlari hamda Kengash qarorlarining ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tuman Kengashi tarkibida 5 ta doimiy komissiya faoliyat yuritib, joriy yilning o‘tgan davrida ular tomonidan 65 marotaba yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga, ayrim deputatlar tomonidan belgilangan tartibda deputatlik faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etmaslik va deputatlik so‘rovlarini yubormaslik holatlari qayd etildi.

Deputatlarga:

🔹 o‘z saylov okruglarida faol ishlash;
🔹 hududiy dasturlar ijrosini o‘rganish;
🔹 muammolarni aniqlash va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish;
🔹 deputatlik so‘rovlari bilan murojaat qilish;
🔹 doimiy komissiyalar va siyosiy partiya guruhlari faoliyatida faol ishtirok etish vazifalari belgilandi.

Shuningdek, Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar tuman hududidagi barcha tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy ekanligi ta’kidlandi.

Qarorlar ijrosini ta’minlamaslik yoki amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kengashga tegishli axborot taqdim etmaslik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi qayd etildi.

📌 Kengash faoliyatining asosiy maqsadi — qonuniylikni ta’minlash, xalq manfaatlarini himoya qilish va hududdagi muammolarni samarali hal etishdan iborat.

#Shofirkon #Kengash #Qarorlar_ijrosi #Deputatlar