Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha ishchi guruh tarkibi yangilandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi qarori bilan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish sohasidagi yangi qonunchilik talablaridan kelib chiqib, tumanda faoliyat yurituvchi jamoatchilik ishchi guruhining tarkibi qayta tasdiqlandi.

📋 Qarorga muvofiq, ishchi guruh tarkibiga tuman hokimligi, Kadastr organlari, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari kiritildi.

🏘 Ishchi guruh zimmasiga tumandagi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarni aniqlash, ularni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, ma'lumotlarni raqamlashtirish hamda yagona elektron bazani shakllantirish vazifalari yuklatildi.

🤝 Shuningdek, yangi tartibning mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish, qonunchilik talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta'minlash hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1