Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
Janubiy mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati oʻrganildi

Janubiy mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati oʻrganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xasanova Gulshan Zokirovna, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda ishchi guruh aʼzolari Navoiy shahridagi Janubiy mahallasida ijtimoiy xodim Asrorova Madinabonu Erkinovnaning ish faoliyatini oʻrgandilar.

Oʻrganish davomida mahalladagi kam taʼminlangan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar koʻrib chiqildi.

Oʻrganish jarayonida aniqlanishicha, mahallada jami 50 ta kam taʼminlangan oila mavjud boʻlib, shundan 10 tasi davlat taʼminotiga olingan, 37 tasi kam taʼminlangan oilalar roʻyxatiga kiritilgan, 3 tasi esa kambagʻallik chegarasi roʻyxatida qayd etilgan.

Shuningdek, mahallada 7 nafar yolgʻiz fuqaro mavjud boʻlib, ulardan 2 nafari chin yolgʻizlar roʻyxatiga kiritilgan va ularga belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mazkur oʻrganish ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda manzilli ijtimoiy yordam tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4