Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
lmiy tavsiyalar asosida bajarilgan agrotexnik tadbirlar — hosil taqdirini belgilaydi
янв.21
Deputat nazorati: Sherobod ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
MAHALLA OBODLIGI YO‘LIDAGI HAMKORLIK
янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
Vatan mahallasida aholini qiynayotgan kommunal muammolar joyida o‘rganildi

Vatan mahallasida aholini qiynayotgan kommunal muammolar joyida o‘rganildi

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi yuzasidan hamda Kengashning haftalik ish rejasida belgilangan vazifalar doirasida Vatan mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur mahallada 2 213 ta xonadon, 30 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, ularda 7 300 nafardan ortiq fuqaro istiqomat qiladi. Mahallaga "Centrum 24" boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatadi. O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.

🗂 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida" 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ–581-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2023-yil 15-avgustdagi PQ–278-son qarori va xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi yuzasidan mahallaga xizmat ko‘rsatayotgan "Centrum 24" boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Xususan, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, hovli hududlarining sanitariya holati, tungi yoritilishi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha o‘rganildi.

🕯 O‘rganish jarayonida 43-uy, 27-xonadonda yashovchi fuqaro B.A. tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda uyning tom qismidan suv o‘tayotgani yuzasidan murojaat bildirildi. Murojaat joyida ko‘rib chiqilib, boshqaruv servis kompaniyasi mas’ullariga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

📝 Murojaat ijrosi nazoratga olinib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 6