Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Oltinsoy #sayyor_qabul #ochiq_muloqot

Oltinsoy tumanining “Mingchinor”, “Pahlavon” va “Tog‘ay Murod” mahallalari aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman 22-Mingchinor saylov okrugidan saylangan deputat, Kengashi raisi A.Turdiyev hamda tuman prokurori Ravshan Turdiyev ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari va takliflarini tingladi.

Murojaatlar asosan bandlik, uy-joy, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, kadastr va ijtimoiy masalalar yuzasidan bo‘ldi.


Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ijrosi muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, hududlardagi muammolarni joyida o‘rganish va ularni tizimli hal etishga xizmat qilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 8