Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
To‘rttol mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov, To‘rttol mahallasi raisi I.Rahmonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar To‘rttol mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida mahallaning markaziy ko‘chalari va hududlaridagi obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, katta yo‘l bo‘ylab manzarali gullar ekilgani, ko‘chalar ozoda va saranjom holatga keltirilgani, yashil hududlarni kengaytirish hamda hududning estetik qiyofasini yaxshilash borasida samarali ishlar olib borilayotgani alohida e'tirof etildi. Shuningdek, mahallada sanitariya va ozodalikka rioya etish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish hamda aholi uchun qulay va obod muhit yaratish ishlari
tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgani ta'kidlandi.
Tashrif yakunida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, erishilgan natijalarni mustahkamlash hamda mahalla hududining yanada fayzli va ko‘rkam bo‘lishini ta'minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 5