Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Yangi maktab faoliyatini tashkil etish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Shodlik MFY Nihol massivida barpo etilgan 330 o‘rinli yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyatini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur masala yuzasidan Zarbdor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Sh.Roziyev hisobot berib, yangi maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarni qamrab olish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, doimiy komissiya a’zolari tomonidan avval o‘tkazilgan joylardagi o‘rganish natijalari ham muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabni to‘liq foydalanishga tayyor holga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar bildirildi.
Muhokamalar yakunida masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli xulosasi qabul qilinib, uni Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.

Slide 1 of 5