Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Jasurbek Kuryazov tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tuman hokimligiga joriy yilning o‘tgan 5 oyi mobaynida kelib tushgan murojaatlar holati tahlil qilindi. Hisobot davrida jami 316 ta murojaat kelib tushgani, shundan 209 tasi joyida hal etilgani hamda tegishli tashkilotlarga yuborilgan murojaatlar nazoratga olingani qayd etildi.

Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlarida aniqlangan ayrim kamchiliklar muhokama qilinib, fuqarolar bilan sayyor qabullarni yanada samarali tashkil etish, murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
Deputatlik nazorati doirasida mazkur yo‘nalishdagi ishlar muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 1