Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Olmazor tumanidagi "G‘alaba" MFY hududidagi Deputat “DREAM IMPEX GROUP” MCHJ faoliyatini o‘rgandi

Olmazor tumanidagi "G‘alaba" MFY hududidagi Deputat “DREAM IMPEX GROUP” MCHJ faoliyatini o‘rgandi

🔍 Bugun mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar jarayonida xalq bilan muloqot qilish, aholining dardu tashvishlarini eshitish va mavjud muammolarga joyida yechim topish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi uchrashuvlari chinakam “xalqchil muloqot” maydoniga aylanmoqda.

🛜 “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi Fazilov Ravshan Abdulxayevich ishtirokida kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov va tuman ma'sul vakillari bilan birgalikda Olmazor tumanidagi “DREAM IMPEX GROUP” MCHJ faoliyatini o‘rgandi. Ushbu korxona bolalar kiyimlari ishlab chiqarishga moslashtirilgan.  

🔍 Deputat korxona faoliyati hamda kelgusi rejalar bilan tanishar ekan, so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar haqida atroflicha fikr almashdi. Uchrashuv so‘ngida deputat o‘z taklif va tavsiyalarini berdi. Darhaqiqat, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid islohotlarni izchil davom ettirish bilan bog‘liq vazifalar dolzarb masalalardan.

Slide 1 of 5