Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
lmiy tavsiyalar asosida bajarilgan agrotexnik tadbirlar — hosil taqdirini belgilaydi
янв.21
Deputat nazorati: Sherobod ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
MAHALLA OBODLIGI YO‘LIDAGI HAMKORLIK
янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

✍ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Choriyev tomonidan AT “Xalq banki” Boysun bank xizmatlari markazida O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 26 apreldagi “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–327-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur Qonun oila a’zolari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadini oshirishga qaratilgan.

✍ O‘rganish jarayonida bank tomonidan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratish, aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish hamda tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi.

✍ Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligi, kredit mablag‘laridan samarali foydalanish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan muloqot o‘tkazildi.

✍ O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga qulay va sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish hamda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✍ Bunday o‘rganishlar hududlarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3