Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
lmiy tavsiyalar asosida bajarilgan agrotexnik tadbirlar — hosil taqdirini belgilaydi
янв.21
Deputat nazorati: Sherobod ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
MAHALLA OBODLIGI YO‘LIDAGI HAMKORLIK
янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 11-“Qo‘lichi” saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Qo‘lichi” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi faoliyati hamda “Mahalla yettiligi”ning ishlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.O‘rganish jarayonida deputat mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazib, PF–209-son Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish, aholining faolligi va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish hamda targ‘ibot ishlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.Shuningdek, deputat mahalla raisi bilan hamkorlikda saylovchilar bilan muloqot o‘tkazib, ular tomonidan bildirilgan murojaatlarni tingladi. Murojaatlarning 5 tasi huquqiy tushuntirish berish orqali joyida
ijobiy hal etildi. Qolgan 7 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishni talab qilgani sababli nazoratga olindi.O‘rganish yakunida mahalla raisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 3