35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
lmiy tavsiyalar asosida bajarilgan agrotexnik tadbirlar — hosil taqdirini belgilaydi
янв.21
Deputat nazorati: Sherobod ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
MAHALLA OBODLIGI YO‘LIDAGI HAMKORLIK
янв.21
Kutubxona — ma’naviyat maskani
янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
DEPUTATLAR TOMONIDAN DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 2-Yoshlik saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Abduvoxidov Shuxrat Abduxamidovich tomonidan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Parkent tuman bo‘limida jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda pensiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari tahlil qilindi.Jarayonda bo‘lim boshlig‘i A. Shomirov bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga pensiya tayinlash va to‘lash, murojaatlar bilan ishlash, xizmatlar ko‘rsatish sifati hamda sohaga oid yangiliklarni fuqarolarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi. Shuningdek, bo‘lim xodimlari bilan muloqot qilinib, ularning xizmat faoliyati, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Parkent tumanida 22 300 nafar yoshga doir pensiya oluvchilar, 2 500 nafar nogironlik pensiyasi oluvchilar hamda 2 950 nafar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilar mavjud bo‘lib, ularga belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.Shuningdek, bo‘lim tomonidan har oyda sayyor qabullar tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqilayotgani, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida muntazam targ‘ibot va yig‘ilishlar o‘tkazib borilayotgani ta’kidlandi.O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, aholiga qulay va sifatli xizmatlar ko‘rsatish hamda sohaga oid ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 6