Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Navbatdagi manzil — zamonaviy o‘quv markazi loyihasi

Hududdagi investitsiya loyihalarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

📍 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Djumamuratova Mukarrama Saliyevna ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda “TALEEM” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi bilan tanishdi.

🎓 Mazkur loyiha doirasida “Markaziy” MFY hududida zamonaviy o‘quv markazi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib:
🔹 1,3 mlrd so‘m investitsiya kiritilishi;
🔹 10 ta yangi ish o‘rni yaratilishi;
🔹 ta’lim xizmatlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

🔍 O‘rganish davomida qurilish ishlari boshlanganligi, loyiha hujjatlari tayyorlanayotgani hamda tadbirkorga zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berilgani qayd etildi.

📌 Bugungi kunda 300 nafardan ortiq yoshlarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatib kelayotgan markazning yangi binosi foydalanishga topshirilgach, o‘quv jarayonining sifati va qamrovi yanada kengayishi kutilmoqda.

Slide 1 of 2