Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirova tomonidan Amir Temur MFY hududidagi chiqindixona holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi chiqindilarning to‘planish holati, sanitariya talablariga rioya etilishi, aholi salomatligiga ta’sir etuvchi omillar va ekologik vaziyat batafsil ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilar tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududni tozalash ishlarini jadallashtirish hamda ekologik muvozanatni ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida nazoratni kuchaytirish, aholining ekologik madaniyatini oshirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi. Mazkur o‘rganish natijalari bo‘yicha Kengash tomonidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi.

Amaliy ishlar doimiy ravishda qat’iy nazoratga olinadi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4