Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jalaquduqdagi dam olish maskanlari deputatlar e’tiborida
янв.21
“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun — eng muhim qonunlardan biri: g‘alla hosilini yig‘ish ishlari bilan tanishildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat E.Qurbonov: aholi manfaatlari yo‘lida amaliy o‘rganish
янв.21
Senat a’zosi O‘.N. Axunovning Jalaquduq tumaniga tashrifi
янв.21
24 ta tavsiya: Yoshlarning kelajagi – e’tibor markazida
Muzrabot tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 25-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-386-sonli qarori ijrosi doirasida Muzrabot tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda

Xususan, mazkur qaror asosida tuman markazidan o‘tuvchi 75 V026 avtomobil yo‘lining 6 kilometr qismida kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Hozirda yo‘lning eski asfalt qoplamasi olib tashlanib, yangi asfalt yotqizish ishlari uchun zarur tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda.

Loyiha 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ikki yillik dastur asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 9 milliard so‘mni tashkil etadi. Ta’mirlash ishlari Muzrabot tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan muntazam o‘rganilib, tahlil qilinmoqda. Deputatlar tomonidan qurilish ishlarining sifati, belgilangan talablarga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan mazkur bunyodkorlik ishlari tuman infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, shuningdek, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 4