Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Jalaquduq tumanida aholi va yoshlar bilan ochiq uchrashuv bo`lib o`tdi

 Jalaquduq tumanidagi Janubiy Olamushuk ishchilar shaharchasida joylashgan 19-son umumiy o`rta ta`lim maktabida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Neftchilar, Ittifoq, Birlashgan mahallalari hamda tumanning boshqa hududlaridan tashrif buyurgan yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Uchrashuv tuman hokimi X.Latipov va tuman Kengashi raisi X.Xayitoxunov boshchiligidagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda deputatlar ishtirokida o`tkazildi. Tadbir davomida aholi vakillari hamda yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va mulohazalar tinglanib, ular tegishli mas`ullarga yo`naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi. Mazkur uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Jo`raev, viloyat Kengashi deputati Z.Ismailova, tuman Kengashi deputatlari
A.Qurbonov, E.Qurbonov, B.Bozorova, O.Xolmurodova, N.Abdimo`minova hamda hudud deputati F.Abdullaevalar ishtirok etdilar.
  

Slide 1 of 6