Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyev tomonidan Oqoltin tumani “Bo‘ston” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ushrashuvda mahalla yettiligi tomonidan Bo‘ston MFY hududidagi Ezgulik ko‘chasiga ko‘p qavatli uylar orasidagi 35 metr yo‘lni shag‘allashtirish,
Osiyo ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar orasiga axlat qutisi yetishmasligi kabi masalalarida takliflar tushdi.
Deputat muammo va takliflar ijrosini tegishli mutasadi rahbarlar bilan hamkorlikda hal qilish choralarini ko‘rishni ta’kidladi.