Jalaquduq tumani 62-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasasi faoliyati Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo`yicha doimiy komissiya” raisi E.Qurbonov tomonidan
o`rganildi. O`rganish davomida ta`lim muassasasining moddiy-texnika bazasi, o`quvchilar sig`imi, pedagog xodimlar uchun shart-sharoitlar, isitish tizimi hamda sanitariya holati ko`zdan kechirildi. O`rganish natijasida maktabda o`quvchilar soni me`yordan ortiq ekani, qo`shimcha o`quv xonalariga ehtiyoj mavjudligi hamda mavjud infratuzilmani yaxshilash zarurligi aniqlandi.