Doimiy komissiyalar
yig‘ilishlarida dolzarb masalalar muhokama qilindi
🔹 5 dekabr kuni Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishlarda
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy byudjet ijrosi, ta’lim sohasi,
ekologik holat hamda aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim masalalar muhokama
qilindi.
🔹 Muhokamalar davomida Prezident qarorlari
ijrosi, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ta’lim va ekologiya sohalarida
amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi
doirasidagi chora-tadbirlar tahlil qilindi.
🔹 Yig‘ilish yakunida masalalar bo‘yicha
tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni navbatdagi sessiya kun tartibiga
kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.