📌 Qo‘shma doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
🔹 Muhokama qilingan masalalar doimiy komissiyalar tomonidan nazoratga olindi.