“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi tomonidan Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Dilfuza Saidova bilan birgalikda maktablarda bulling bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish, ta’lim muhiti xavfsizligini ta’minlash, javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida shahar hududidagi 22-sonli umumtaʼlim muassasasida o'rganish ishlari olib borildi.