Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Aholini va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olish bo`yicha targ`ibot ishlari olib borilmoqda
янв.21
Mehnat munosabatlarida qonun ustuvorligi – asosiy mezon
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama
янв.21
Deputat tomonidan ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasida yaratilgan sharoitlar o`rganildi
янв.21
Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari ishtirokida strategik vazifalar muxokamasi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
62-DIUM faoliyati nazorat tartibida o`rganildi
янв.21
Farzand – oila quvonchi, Vatan va jamiyat tayanchi!
янв.21
Prezidentimiz murojaatnomasi bo`yicha targ`ibot tadbiri
янв.21
Bolajonlar qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirish yo`lida
Deputat noqonuniy qurilishlarning buzish ishlarini o'rgandi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi 3-Yangiobod saylov okrugi deputati M. Gaipov tomonidan avvalroq "Yangiobod" mahallasidagi koʻp qavatli uylar tutash hududlarida aniqlangan noqonuniy qurilishlarni xatlovdan oʻtkazish va ularni bartaraf etish boʻyicha deputatlik soʻrovi Kadastr agentligi Zarbdor tuman boʻlimiga yuborilgan edi.
Ushbu soʻrov asosida noqonuniy qurilmalarni buzish ishlari boshlangan boʻlib, deputat M. Gaipov mazkur jarayon ijrosini oʻrganish va nazorat qilish maqsadida hududga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u buzish ishlari tartibga muvofiq amalga oshirilayotgani, aholining xavfsizligi taʻminlanayotgani hamda masʻul tashkilotlar tomonidan belgilangan chora-tadbirlar bajarilayotganini koʻzdan kechirdi.
Deputatning ushbu nazorati hududda qonuniy tartibni mustahkamlash, adolatsiz qurilishlarning oldini olish va mahalla aholisi uchun qulay hamda xavfsiz yashash sharoitini taʻminlashga qaratilgan.

Slide 1 of 2