Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati M. Mirsodiqov ishtirokida Alisher Navoiy mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish ishlari doirasida Z.Nosirov ko‘chasida joylashgan bir qator xonadonlarga kirib o‘rganish amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida deputat M.Mirsodiqov har bir xonadondagi vaziyat bilan yaqindan tanishib, fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflarni tingladi.
Muammolarning mohiyati o‘rganilgandan so‘ng, ularni hal etish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayrim masalalar bo‘yicha mas’ul idoralar bilan bog‘lanib, tezkor yechim topish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.