Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Abduvohid Turdiboyev tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO (Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish) organlarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi, xodimlarning murojaatchilar bilan muloqot madaniyati, shuningdek, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, navbatlar tashkil etilishi, zarur ma’lumotlarni olishda qulayliklar va xizmatlarning shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat mazkur tashkilotlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi hamda aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligini ta’kidladi.