Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
Yashnobod tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori kayfiyatda tashkil etildi

25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri munosabati bilan Yashnobod tumani “Qalqon” mahallasida joylashgan 339-sonli umumta’lim maktabida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov ham ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni muborakbod etdi.

📚 Tadbir davomida o‘quvchilarning yillar davomida erishgan yutuqlari, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda bitiruvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, she’r va kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

🎤 Tadbir davomida deputat Davronbek Ravshanbekov bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy tabriklab, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, yoshlarga kelgusi hayot yo‘lida ulkan zafarlar, yuksak natijalar va Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishlarini tiladi.

🗣 Tadbir yakunida bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirilib, ular uchun yangi bosqich — katta hayot yo‘lida omad va zafarlar tilandi.

Slide 1 of 1