Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат хотин-қизлар муаммоларини ўрганди
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT MAHALLA ICHKI YO‘LLARI HOLATINI O‘RGANDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI.
янв.21
Deputat va mutaxassis tomonidan manzilli o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
Депутат аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат кўп қаватли уй қурилиш лозим бўлган объект ҳолати ўрганилди.
янв.21
Deputat e’tibori: yoshlarning oliy ta’lim olishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Депутат ажрим ёқасидаги оилалар билан суҳбатлашди.
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan "4-Qoryog'di" saylov okrugi deputati Djalalov Sanjar Gayratovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i N.Ismatovga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida Uchtepa tumani Bekobod mahallasi hududida joylashgan Istirohat ko‘chasidagi “Bekobod” va “Bog‘ichinor” ko‘chalari kesishmasida mavjud avtobus bekati holati joyiga chiqib o‘rganligi hamda mazkur hududda jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, avtobus bekatining holati talab darajasida emasligi, yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaxshilash zarurligi aniqlanganligi ta'kidlangan.

📊 Ushbu o'rganish va tegishli ma'lumotlardan kelib chiqib, mazkur avtobus bekatini belgilangan tartibda o‘rganib chiqish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda ushbu masala bo‘yicha ko‘rilgan choralar va natijalar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga yozma axborot taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3