Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
Qo‘qonboy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

 Qo‘qonboy mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi tomonidan hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan deputatlik nazorati davom etmoqda.

Shu maqsadda Kengash kotibiyati mudiri I.Juraev, tuman Kengashi deputati N.Olimov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi M.Xalimov Qo‘qonboy mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishda Furqat tumani hokimining o‘rinbosari R.Xamdamov, loyiha tashkiloti vakillari hamda qurilish-pudrat tashkiloti mas’ullari ham ishtirok etdilar.

🚧 Hozirda mahalla hududida:
🔹 1,8 kilometr piyodalar yo‘lagi;
🔹 1,8 kilometr tungi yoritish tarmog‘i;
🔹 1,8 kilometr lotoklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihalar aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash hamda mahalla hududining obodligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

🔍 O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, foydalanilayotgan materiallar hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi tomonidan mazkur loyiha ijrosi ustidan deputatlik nazorati muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 1