Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат томонидан туман марказидаги Ахборот кутубхона маркази фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутат томонидан ички кўчалар ҳолати ўрганилди.
янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Deputat oziq-ovqat do‘konlarida narxlar va mahsulot sifati bilan tanishdi.
янв.21
32-sonli maktab rekonstruksiya ishlari nazoratda!
янв.21
Deputat-Ijtimoiy yordam va xizmatlar sifatini manzilli o‘rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy poliklinikadagi xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
“Yoshlar kuni” munosabati bilan deputat umumta’lim maktablarda yoshlarga yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.

1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi U.Barnoyev Qalaychorbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda moddiy-texnik bazasi bilan qiziqdi.

Tashrif davomida maktabdagi kutubxona faoliyati, o’quvchilarning kitobxonlikka bo’lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud adabiyotlar holati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, maktab oshxonasida o’quvchilar uchun yaratilgan sanitariya-gigiyena sharoitlari, tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va ozodaligi ham deputat e’tiborida bo’ldi. Sinf xonalaridagi mavjud sharoitlar, o’quv jihozlari, partalar holati, yoritish va isitish tizimlari ham atroflicha ko’zdan kechirildi.

O’rganishlar davomida yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi hamda zamonaviy bilim va ko’nikmalarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi. Maktab jamoasi bilan muloqot davomida ta’lim sifati va yoshlar tarbiyasiga oid fikr-mulohazalar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
 

Slide 1 of 1