Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida mangu

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Tuproqqal’a tumanidagi Xotira maydonida tantanali xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari, tashkilot va muassasa rahbarlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida ishtirokchilar ajdodlar monumenti poyiga gulchambar va guldastalar qo‘yib, yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi va Vatan ravnaqi yo‘lida jonini fido qilgan qahramonlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirdilar. Marosim davomida urush va mehnat faxriylariga alohida ehtirom ko‘rsatilib, ularning mardligi, sabr-toqati hamda fidokorona hayot yo‘li yosh avlod uchun buyuk ibrat ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida faxriylar bilan samimiy suhbatlar tashkil etilib, bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani qayd etildi.

Xotira — millatning ma’naviy qudratini namoyon etuvchi buyuk qadriyatdir. Qadrlash esa insoniylikning eng oliy mezoni hisoblanadi. Vatan ozodligi va bugungi farovon hayotimiz uchun kurashgan ajdodlarimizning jasorati xalq qalbida mangu yashaydi.  

Slide 1 of 8