Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugungi kunda mahalla tizimi aholi muammolarini joyida hal etish, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, hududlarda tinchlik-osoyishtalik va barqaror muhitni mustahkamlash hamda davlat organlari bilan aholi o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim o‘rin tutmoqda. Ayniqsa, mahalla “yettiligi” faoliyati hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli ravishda bartaraf etishda samarali mexanizm sifatida xizmat qilmoqda.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi boshchiligida tuman deputatlari “Ma’naviyat” mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi” faoliyatini o‘rgandilar.

Uchrashuv davomida mahallada aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, hudud obodonchiligi hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Ta’kidlanganidek, mahalla tizimida samaradorlikni oshirish, aholi bilan manzilli ishlash va hududlarda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhim аҳамият kasb etadi.

Slide 1 of 6