Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Chilonzor tumani xalq deputatlari Kengashi deputati, 5-Charx Kamolon saylov okrugidan saylangan Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida deputat o‘zining 2026-yil I chorakdagi faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi. 

Tadbirda deputat o‘z faoliyati davomida aholi manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularning muammolariga yechim topish borasida olib borilgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar, jumladan, hududni rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla tizimini takomillashtirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida hududda obodonlashtirish ishlarini davom ettirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6