Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат нар-навоалрни ўрганди.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
#deputat nazorati #mahalla hayoti

Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi vakillari tomonidan "Islom Karimov" mahallasida keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borildi. Maqsad bitta — aholi yashash sharoitlarini yaxshilash va mavjud muammolarni joyida tahlil qilish.

O‘rganish jarayonida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:

🏗 Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK): Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifati hamda kuz-qish mavsumida issiqlik tizimini ishlash holati.

🛝 Bolalar o‘yingohlari: Maydonchalarning xavfsizligi va texnik holati.

🛗 Lift tizimi: Yuqori qavat aholisi uchun liftlarning uzluksiz ishlashi.

🚪Yo‘laklar holati:Ko‘p qavatli uylar kirish qismlarining ozodaligi va ta’mirlanganlik darajasi, tungi yoritgichlar va ichki ko'chalarning holati.

💧 Kommunal xizmat: Yuqori qavatlarda issiq va sovuq suv bilan ta'minlanganligi va ularning yuqori qavatlarga chiqish bosimining me’yorida ekanligi

O‘rganish davomida Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova, deputatlar Oybek Qurolboyev, Abdujabbor Djurayev hamda mutaxassis Mukarram Nematullayeva hamda "mahalla yettiligi" bilan birgalikda aholi bilan muloqot qildilar.

Xulosa:

Mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va servis xizmatlari ijobiy baholandi. Eng muhimi — fuqarolar mas’ullarning faoliyatidan va yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Aholi roziligi — islohotlarimizning bosh mezoni! 🤝

Slide 1 of 8