Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan yo‘llar ta’mirlandi.
янв.21
“Xotira va qadrlash — inson qadri ulug‘!”
янв.21
Deputat- fuqaro murojaatini o‘rganib, ijobiy hal etdi.
янв.21
Депутат миллий ҳунармантлар фаолиятини ўрганди.
янв.21
Депутат сифитсиз қурилган мактабгача таълим ташкилотидаги салбий ҳолатларни ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Joriy yilning 28-aprel Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-son maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Ta’lim tashkilotida:

2 ta guruh faoliyat yuritib, 25 nafar bola tarbiyalanmoqda.

 Ularga 2 nafar oliy ma’lumotli hamda 2 nafar o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar ta’lim-tarbiya bermoqda.

Ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik baza holati, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va

 pedagog xodimlar faoliyati batafsil o‘rganildi

 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qonun talablariga qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganish ishlari maktabgacha ta’lim tizimi sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7