💬 Ma’lum bo‘lishicha, Termiz tumani bilan shaharni bog‘lovchi yo‘lning maktabga olib boruvchi kesishmasida o‘rnatilgan svetoforning qizil chirog‘iga ayrim haydovchilar amal qilmayotgani yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelish xavfini oshirmoqda.
👥 Mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.
🔅Jumladan:
✔️svetofor ishlash vaqtini qayta ko‘rib chiqish;
✔️qoidabuzarliklarni aniqlovchi zamonaviy kuzatuv kameralarini o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi.
📌Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasiga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.
🔵So‘rovda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar hayoti va salomatligini himoya qilish maqsadida zarur choralar ko‘rish so‘ralgan.
🛣️Xavfsiz yo‘l — inson hayoti garovi! Muammo nazoratda, ijrosi deputat tomonidan kuzatib boriladi.