Jumladan, mazkur o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamatovich tomonidan 11-“Guliston” saylov okrugiga qarashli “Jiyanbobo” mahallasida tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xo‘janov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.
O‘rganish davomida hududdagi ijtimoiy soha va bank xodimlari faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati