Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини ижобий томонга хал этди.
янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
SO‘FI MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI

 SO‘FI MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Z.Xakimov hamda Kengash kotibiyati
bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan tumandagi So‘fi mahalla fuqarolar yig‘ini
hududida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda atroflicha
o‘rganildi. 

Jumladan, asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi
PQ-402-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi
to‘g‘risida Nizom” talablari asosida mahallaning ichki ko‘chalarini ta’mirlash
ishlarining sifatiga qaratildi. 

O‘rganish jarayonida yo‘llarni ta’mirlashda qo‘llanilayotgan qurilish materiallari
sifati, bajarilayotgan ishlar darajasi hamda belgilangan me’yor va talablarga
muvofiqligi tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla aholisi bilan ochiq muloqot
o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. 

Mazkur jarayonda mahalla raisiga hududni yanada obodonlashtirishga qaratilgan
chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar
berildi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik
masalalari kelishib olindi.  

Slide 1 of 3