Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat tashabbusi samara bermoqda!
янв.21
Ish reja asosida “Yo‘l xaritasi” ijrosi ta’minlanmoqda.
янв.21
Deputat- yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Депутат аҳолининг чиқиндилар билан боғлиқ муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчиларнинг муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат Адлия ходимлари билан биргаликда фуқаролар учун хуқуқий саводхонликни ошириш мақсадида давра сухбати ташкил қилди.
янв.21
Депутат Камбағал оилаларга бириктирилган Нуронийлар билан учрашув ўтказди.
янв.21
Депутат сайловчилар олдида ахборот берди.
янв.21
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi o‘rganildi.
янв.21
Депутат кўмагида Ордер масаласида тиббий кўрик ўтказилди.
Orol MFY Axborot-kutubxona markazi: Zamonaviy sharoitlar va keng imkoniyatlar bilan xizmatda

Orol MFY Axborot-kutubxona markazi: Zamonaviy sharoitlar va keng imkoniyatlar bilan xizmatda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Ruziyeva hamda bosh mutaxassis K. Abdullayeva bilan birgalikda Orol MFY hududida joylashgan tuman Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurildi.

Mazkur markaz 23 mingdan ziyod kitob fondiga ega bo‘lib, 4 ta bo‘lim orqali aholiga, xususan kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Joriy yil boshidan buyon 3000 nafardan ortiq kitobxon markaz xizmatlaridan foydalangan.

Kutubxonada barcha zarur qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy Wi-Fi tarmog‘i orqali foydalanuvchilarga erkin foydalanish imkoniyati taqdim etilgan. Bu esa kitobxonlar, ayniqsa yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.

Shuningdek, markazda turli ijtimoiy tarmoqlar va elektron resurslardan foydalanish imkoniyati mavjud. Kitoblarni nafaqat markazga tashrif buyurib, balki elektron platformalar orqali ham olish mumkin.

Markazda o‘quvchi yoshlar, o‘rta yoshdagilar hamda keksalar uchun alohida hududlar tashkil etilgan bo‘lib, bu esa har bir foydalanuvchi uchun qulay va samarali muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9